Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3 ta OTMga hujjatlarni onlayn topshirish xizmati joriy etiladi

3 ta OTMga hujjatlarni onlayn topshirish xizmati joriy etiladi

Foto: Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi matbuot xizmati

O‘zbekistonda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali oliy ta’lim muassasalariga onlayn ariza topshirish xizmatini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy etilayotgan ushbu xizmat turi o‘z navbatida, abituriyentlarga uzoq navbatlarda kutmaslik bilan bir qatorda, ularning vaqtini va moliyaviy xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi (masalan, Nukuslik abituriyent hujjat topshirish uchun Toshkentga kelishi talab etilmaydi), ushbu imkoniyatlarga esa oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning qulay, tezkor va ishonchli mexanizmi orqali erishiladi.

Yagona portalda mazkur xizmatning quyidagi qulayliklari joriy etilmoqda:

  • Abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari avtomatik tarzda to‘ldiriladi, ushbu qulaylik idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
  • Abituriyentga bir vaqtning o‘zida 3 ta oliy o‘quv yurtiga ariza yuborish imkoniyati taqdim etiladi, shu bilan birgalikda, Yagona portal abituriyentga ikkinchi va uchinchi oliy o‘quv yurtlarini va o‘qish yo‘nalishini avtomatik rejimda taklif qiladi, bu esa o‘z navbatida oliy o‘quv yurti va o‘qish yo‘nalishini tanlash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
  • Shuningdek, abituriyentga test sinovlarini mustaqil ravishda topshirish uchun joy tanlash imkoniyati beriladi.

Ushbu interaktiv xizmatni Yagona portal orqali (my.gov.uz) ishga tushirish, mazkur xizmatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjat tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring