Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi

Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi

PFL Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi:

  • Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)
    Maksim Shatskix («Paxtakor»)
    Vesko Steshevich («Metallurg»)
    Samvel Babayan («Navbahor»)
    Aleksandr Xomyakov («Andijon»)
    Vitaliy Levchenko («Neftchi»)
    Sergey Arslonov («Surxon»)
    Mirjalol Qosimov (OKMK)

Murabbiylar har oyda laureatlarni aniqlashda ochkolar to‘plab kelishgan. Yil murabbiyini aniqlashda oy davomida yig‘ib borilgan ochkolar muhim rol o‘ynaydi. Oylar davomidagi barqarorlik yoki biror oyni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkaza olish eng yaxshi bo‘lishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsum davomida Levchenko (mart), Shatskix (aprel), Qosimov (may), Xomyakov (iyun), Levchenko (avgust), Steshevich (sentyabr), Berdiyev (oktyabr), Arslonov (noyabr) oy murabbiyi sifatida tan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring