Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xavining dubliga «Paxtakor» ham ikki gol bilan javob qaytardi

Xavining dubliga «Paxtakor» ham ikki gol bilan javob qaytardi

Foto: «Uza.uz»

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda «Paxtakor» klubi Qatarning «Al-Sadd» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi. «Al-Sadd» tarkibida Xavi dubl qayd etgan bo‘lsa, «Paxtakor» tarkibida Hojiakbar Alijonov va Dragan Cheran gol muallifiga aylanishdi.

 OChL, 3-tur

«Paxtakor» – «Al-Sadd» – 2:2

Gollar: Hojiakbar Alijonov (9), Dragan Cheran 41 – Xavi (6,16)

«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 7. Sadriddin Abdullayev (27. Sardor Sobirxo‘jayev, 69), 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeyev (21. Marat Bikmayev, 65), 17. Dostonbek Hamdamov (99. Javohir Sidiqov, 88), 20. Odiljon Hamrobekov, 23. Sherzod A’zamov, 29. Vladimir Kozak, 34. Farruh Sayfiyev.

«Al-Sadd»: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korreya, 5. Vu Yung (20. Salim Al Hajri, 76), 6. Xavi (8. Ali Asadilla, 82), 11. Bog‘dod Bunedja, 12. Hamid Ismoil, 14. Gabi, 15. Toriq Salmon, 16. Bualem Huhi, 66. Yosir Isa (10. Hasan Al Haydos, 60), 78. Akrom Hassan Afif.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring