Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro musobaqada sportchilarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Xalqaro musobaqada sportchilarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Foto: «O‘zA»

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnirda qatnashgan erkin kurashchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz esa 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yigirmanchi marotaba tashkil etilgan va 20 dan ortiq davlat kurashchilari qatnashgan turnirda Olimpiada hamda jahon chempionatlarining g‘olib va sovrindorlari ishtirok etgani bahslarning murosasiz kechishini ta’minladi.

Yakunda G‘ulomjon Abdullayev va Ilyas Bekbulatov o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Sovrindorlar:

Erkin kurash bo‘yicha G‘ulomjon Abdullayev (57 kg), Ilyas Bekbulatov (70 kg) oltin medal, Nodirjon Safarov (57 kg) kumush medal, Mahmudjon Shavkatov (57 kg), Bekzod Abdurahmonov (79 kg), Javrail Shapiyev (86 kg) bronza medal, Yunon-rum kurashi bo‘yicha Ilhom Bahromov (55 kg), Aram Vardanyan (67 kg), Jalgasbay Berdimuratov (82 kg), Rustam Assakalov (87 kg), Mo‘minjon Abdullayev (130 kg) bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring