Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

WBO reytingida yangi o‘zbek bokschisi paydo bo‘ldi

WBO reytingida yangi o‘zbek bokschisi paydo bo‘ldi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Murodjon Ahmadaliyevning vaznida yana bir hamyurtimiz paydo bo‘lgan. Buxorolik Muhammad Shexov reytingda 7-o‘rinda qayd etilgan. O‘tgan oyda 7-pog‘onada bo‘lgan Ahmadaliyev esa 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Muhammad Shexov barcha janglarini Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan prof boks turnirlarida o‘tkazgan. Hisobida 14 g‘alaba (4 nokaut) va 1 durang bor. So‘nggi jangini o‘tgan yilning 16 dekabr kuni Moskvada kolumbiyalik Leonardo Karrilloga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan. Bu Leonardoning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyati bo‘lgandi. WBO Top-15 reytingida uning tug‘ilgan joyi Buxoro, davlati Uzbekistan deb ko‘rsatilgan. 

Eliminator jangida g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov esa yarimo‘rta vazn toifasi WBO reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U o‘tgan oyda reytingning 3-pog‘onasidan joy olgandi. Ayni paytda ushbu vazn chempioni amerikalik Terens Krouford bo‘lib turibdi. Reytingning birinchi pog‘onasida NABO kamari sohibi, amerikalik Jiovani Santilyan bormoqda.    

Qolgan bokschilarimiz o‘tgan oy reytingidagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishgan. 

Reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 6-o‘rinda qoldi;

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) o‘tgan oydagi kabi 5-o‘rinda qoldi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-pog‘onadan 6-o‘ringa ko‘tarildi;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) bir pog‘ona yuqorilab, 2-o‘ringa joylashdi;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidek 7-pog‘onada;

Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagi singari 15-o‘rinda qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring