Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafar o‘zbek bokschisi IBF reytingidan o‘rin oldi

Uch nafar o‘zbek bokschisi IBF reytingidan o‘rin oldi

Murodjon Ahmadaliyev.

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik uch nafar bokschi kuchli 15 talikda qayd etildi

Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev IBF reytingida chempion sifatida e’tirof etilgan. Yarim o‘rta vazndagi hamyurtimiz Qudratullo Abduqahhorov esa 1-o‘rinda ko‘rsatilgan. Qolaversa, Abduqahhorov WBC da 8 va WBO da 9-pog‘onadan o‘rin olgan.

Birinchi yarim o‘rta (-63,5 kg) vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan Shohjahon Ergashev oltinchi pog‘onada qayd etilgan. Shohjahon WBA yo‘nalishida ham oltinchi, WBOda esa 12-o‘rinda bormoqda. Ushbu vazn toifasining yana bir vakili Shahram G‘iyosov esa kuchli 15talikni tark etgan.

Reytingdan boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring