Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tottenxem» koronavirus qurboni bo‘ldi

«Tottenxem» koronavirus qurboni bo‘ldi

Angliyaning «Tottenxem» jamoasi futbolchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani uchun Yevropa konferensiyalar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidagi «Tottenxem» va «Renn» uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirilgandi.

UYeFA vaqt kamligi bois ushbu o‘yinni bekor qilib qo‘ya qoldi. Bu holatda reglamentga ko‘ra, «Tottenxem»ga texnik mag‘lubiyat yoziladi va klub yevrokuboklardagi yurishini tugatishga majbur bo‘ladi.

«Afsuski, har qancha harakat qilmaylik, ikkala jamoaga ham yoqadigan qarorni topa olmadik. Endi uchrashuvning natijasini UYeFA intizom qo‘mitasi hal qiladi», deyiladi tashkilot xabarida.

O‘yin 9 dekabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo «Tottenxem»ning 8 futbolchisi va 5 ta xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani uchun qoldirilgandi.

Konferensiyalar ligasida «Tottenxem» 7 ochko bilan 3-o‘rinda edi. Birinchi o‘rinda «Renn» (11 ochko), ikkinchi o‘rinda esa «Vitess» (10 ochko) jamoalari o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring