Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mart oyida ShHT xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi

Toshkentda mart oyida ShHT xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasining 2021–2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida 80dan ortiq turli darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shunday tadbirlardan biri 2022-yil 27-mart kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT xalqaro yarim marafonidir, deb xabar berdi Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati.

Mazkur tadbir doirasida «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlangan IV xalqaro Toshkent yarim marafoni ham tashkil etiladi.

ShHT yarim marafoni 2016-yildan boshlab har yili tashkilotga a’zo davlatlar sportchilari ishtirokida o‘tkazib kelinmoqda. Unda minglab odamlar, jumladan, turli mamlakatlar va qit’alardan kelgan professional sportchilar, havaskor yuguruvchilar va sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ShHT bayrog‘i ostida birlashadilar.

Poytaxtimizda o‘tkazilishi kutilayotgan yarim marafon dasturi ikki masofani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ishtirokchilar 3 kilometr hamda 21,0975 kilometr masofaga yugurib, kuch sinashadilar.

Yarim marafon marshruti poytaxtimizdagi Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan boshlanib, Nukus, Abdulla Qodiriy, Abay ko‘chalari orqali davom etadi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi havola orqali tadbir to‘g‘risida yanada to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring