Toshkent ilk bor xalqaro marafonga mezbonlik qiladi
Shu yilning 24-mart kuni poytaxtimizda I Toshkent xalqaro marafoni tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan ayni paytda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) vakillari poytaxtimizda bo‘lib turishibdi. Ishchi guruh tomonidan xalqaro marafon trassasini o‘lchash jarayonlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xalqaro marafon tashkil qilish uchun yugurish trassasining dengiz sathidan balandligi, masofa, yo‘l tekisligi va boshqa standartlar hisobga olinadi. Ana shu jihatlar to‘g‘ri kelgan taqdirda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi tomonidan mazkur trassaga marafon o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi.
Toshkent mezbonlik qiladigan marafon 21 095 metr masofa bo‘yicha tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. Qayd etish lozimki, bunday darajadagi xalqaro marafon yurtimizda ilk marotaba bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter