Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rt sport turi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

To‘rt sport turi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Ayni kunlarda Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 134-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Sessiya ishi 2026 yilgi qishki Olimpiada mezbonini aniqlash bilan boshlandi. Shundan so‘ng Olimpiya o‘yinlarining rivojini ko‘rib chiqish uchun bir qator sport turlarini Olimpiada dasturiga kiritish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, uzoq yillik kuzatuvlardan so‘ng breyk-dans, skeytbording, syorfing va sport alpinizmi 2024 yili Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi.

«Ushbu 4 sport turi Olimpiya harakatini butun dunyo bo‘ylab rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘sha oladi. Bu sport turlari gender-tenglikni saqlashi, yoshlarni sportga yanada jalb etishi bilan ahamiyatli», – dedi XOQ prezidenti Tomas Bax.

Sport alpinizmi va breyk-dans 2018 yili Argentina poytaxtida o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpiadasida debyut qilib ulgurgan va o‘zining ommabopligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozondi. Parij Olimpiadasida sport alpinizmi va skeytbording bo‘yicha 4 tadan, syorfing va breyk-dans bo‘yicha 2 tadan medallar komplekti o‘ynalishi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring