Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanishing: Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi

Tanishing: Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ayni paytga kelib, uning ushbu jangdagi raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Bokschimizning ma’lum qilishicha, uning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi. Mazkur jangda ham yurtdoshimizga omad tilaymiz.


Emmanuel Teylor
Fuqaroligi: AQSh
Tug‘ilgan sana: 20 dekabr, 1990 yil (28 yosh)
Bo‘yi: 171 sm
Rekord: 18-4, 12 KO
Vazni: 63 kg
Professional boksda debyut: 19 mart, 2009 yil
Asosiy zarba beradigan qo‘li: o‘ngaqay
Laqabi: Transformer
BoxRec ID: 486749

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring