Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Son Xyon Min mashg‘ulotlar vaqtida hushini yo‘qotdi

Son Xyon Min mashg‘ulotlar vaqtida hushini yo‘qotdi

«Tottenxem» klubi futbolchisi Son Xyon Min Janubiy Koreyadagi mavsumoldi mag‘ulotlar vaqtida hushini yo‘qotdi, deb xabar bermoqda Marca.

Qayd etilishicha, futbolchilar Seuldagi stadionda 30 daraja issiqda mashg‘ulotlar olib borishgan. «Shporlar» bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z futbolchilarini maydon bo‘ylab 42 marta yugurishga majburlagan. 

Mashg‘ulotdan keyin yana bir futbolchi Garri Keynning ham tobi qochgan. 

Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» o‘tgan mavsumni Angliya premer-ligasini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Turnirda «Manchester Siti» g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring