Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya so‘nggi umid sifatida Zlatanni termaga chaqirdi

Shvetsiya so‘nggi umid sifatida Zlatanni termaga chaqirdi

Futbol bo‘yicha Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson JCh-2022 saralashining navbatdagi o‘yinlariga Zlatan Ibrohimovich va Yoakim Nilssonni termaga chaqirdi.

Zlatan terma jamoaga chaqirilmayotgan edi. Lekin Shvetsiya B guruhida 2-o‘rinda turgan bo‘lsa-da, Gretsiya undan oldinga o‘tib ketish ehtimoli yo‘q emas. Qolaversa, sentyabrdagi o‘yinda shvedlar yunonlarga yutqazgandi.

Jamoalar O‘yin G‘alaba Durang Mag‘lubiyat T/n Ochko
1 Ispaniya 6 4 1 1 13-5 13
2 Shvetsiya 4 3 0 1 7-3 9
3 Gretsiya 4 1 3 0 5-4 6
4 Kosovo 5 1 1 3 3-9 4
5 Gruziya 5 0 1 4 2-9 1

Endi 9 va 12 oktyabr kunlari Shvetsiya o‘z uyida avval Kosovo, keyin Gretsiyani qabul qiladi. Bosh murabbiy ushbu o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar:

  • Pontus Dalberg, Donkaster Rovers
  • Kristoffer Nordfeldt, AIK
  • Robin Olsen, Sheffild Yunayted

Himoyachilar:

  • Lyudvig Avgustinsson, Sevilya
  • Markus Denielson, Dalyan
  • Mattias Yoxansson, Legiya Varshava
  • Emil Kraft, Nyukasl
  • Yoakim Nilsson, Arminiya Bilefeld
  • Viktor Nilsson Lindelyof, Manchester Yunayted
  • Martin Olsson, Malmyo FF
  • Karl Starfelt, Seltik

Yarim himoyachi / hujumchilar:

  • Yens Kayuste, Markaziy Yutlandiya
  • Viktor Klaesson, Krasnodar
  • Albin Ekdal, Sampdoriya
  • Magnus Eriksson, Yurgorden
  • Emil Forsberg, Leypsig
  • Zlatan Ibragimovich, Milan
  • Aleksandr Isak, Real Sosedad
  • Yesper Karlsson, Alkmar
  • Deyan Kulusevski, Yuventus
  • Kristoffer Olsson, Anderlext
  • Robin Kueyson, Al-Ettifak
  • Ken Sema, Uotford
  • Mattias Svanberg, Bolonya
  • Isaak Kize Telin, Baniyas

 



Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring