Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT yarim marafoni: musobaqa reglamenti va mukofotlari haqida

ShHT yarim marafoni: musobaqa reglamenti va mukofotlari haqida

O‘zbekiston xalqaro nufuzini mustahkamlash va ShHT doirasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 27 mart kuni ilk bor Toshkent xalqaro yarim marafoni tashkil etiladi.

Yarim marafon O‘zbekiston Respublikasi raisligida 2022 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitiga to‘g‘ri keladigan qator tadbirlar dasturiga kiritilgan.

2016 yildan beri xalqaro tashkilot tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan ShHT yarim marafonlari ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning ajralmas qismiga aylandi.

2019 yilda ShHTning Bishkek sammiti doirasida aholi o‘rtasida sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish, professional sportchilarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga, Olimpiya, Paralimpiya va milliy sport turlari o‘yinlarining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.

ShHT Toshkent xalqaro yarimmarafon trassasi Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi (AIMS) sertifikatiga ega trassada bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak sport musobaqasi dasturiga 3 km va 21 km bo‘lgan 2 ta masofa kiritilgan. Sport yugurishida nafaqat “ShHT oilasi”ning 18 davlatidan yuguruvchilar, balki boshqa mamlakatlardan ham ishtirokchilar tashrif etishlari mumkin. G‘oliblarning umumiy mukofot jamg‘armasi 138 million so‘mni tashkil etadi. (yarim marafon uchun 126 million so‘m, 3 km masofaga 12 million so‘m).

ShHT Toshkent xalqaro yarim marafoni yo‘nalishi markaziy ko‘chalar orqali o‘tadi, bu yugurish ishtirokchilari va poytaxt mehmonlariga yangi zamonaviy arxitektura majmualari va shaharning madaniy-tarixiy qismini namoyish etish imkonini beradi.

O‘zbekistonlik sportchilar ShHT marafonlarida doimiy ishtirokchilar hisoblanishadi.

O‘tgan yili ShHT tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro Dushanbe yarim marafonida O‘zbekistonlik sportchilar – Shohrux Davlatov va Azizaxon Mirzaakbarovalar birinchi o‘rinlarni egallagan edi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring