Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YouTube» taniqli blogerni irqchilikda gumon qilib, kanalini yopib qo‘ydi

«YouTube» taniqli blogerni irqchilikda gumon qilib, kanalini yopib qo‘ydi

Foto: «GoodFon»

«YouTube» videoxostingi sun’iy intellekti xorvatiyalik taniqli shaxmat blogeri Antonio Radichning kanalini bloklab qo‘ydi: uning partiyalar haqida mushohadalarini kompyuter irqiy kamsitish va tahdidlar o‘rnida qabul qilgan.

Radich o‘z kanalida turli shaxmat partiyalarini muhokama qilib boradi, Xikaru Nakamuraning o‘yini muhokama qilingan videoni joylaganidan so‘ng kanal blokka tushib qolgan, yozmoqda «Daily Mail».

Keyin ma’lum bo‘lishicha, tahlillar «YouTube» shaxmat kanallaridagi sun’iy intellekt 82 foizini «zararli» deb topgan  680 000 ta sharhda hech qanday irqiy kamsitish haqida gap ketmagan, shunchaki «qoralar», «oqlar», «hujum», «xavf» singari shaxmat atamalari ishlatilgan, xolos.

Yutub texnik xizmati bloklash sababini izohlamadi, biroq oradan 24 soat o‘tib kanal yana ochilgan.

Antonio Radich 2007-yildan beri kanalini yuritib keladi, obunachilari soni 700 ming nafardan ziyod.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring