Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahobiddin Zoirov jarohati sabab Tailanddagi turnirni o‘tkazib yuboradi

Shahobiddin Zoirov jarohati sabab Tailanddagi turnirni o‘tkazib yuboradi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xabar berganimizdek, 20-27-iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha «Qirol kubogi» nomli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak turnir oldidan terma jamoamiz tarkibida jiddiy yo‘qotish ro‘y berdi.

Gap shundaki, unda -52 kilogramm vazn toifasida jang qilishi ko‘zda tutilgan Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov kichik jarohati sabab Tailandga bormaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga bu vaznda hech qaysi sportchimiz qatnashmaydi. Shu tariqa, «Qirol kubogi»da 13 nafar bokschimiz ishtirok etadigan bo‘ldi. Tarkibni yana bir eslatib o‘tamiz:

Erkaklar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Shukurjon Rahimov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

Ayollar:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva
-51 kg: Sitora Shodgarova
-57 kg: Mahliyo Habibullayeva
-60 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-69 kg: Maftunaxon Meyliyeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova

Delegatsiyamiz ertaga Bangkokka uchib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring