Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Rashidov xorij klubi bilan shartnoma imzoladi

Sardor Rashidov xorij klubi bilan shartnoma imzoladi

Toshkentning «Paxtakor» klubini tark etgan Sardor Rashidov yana Qatar chempionatiga qaytdi.

O‘zbekistonlik 31 yoshli hujumchi «Umm Salal» klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Umm Salal» klubi o‘tgan mavsumda Qatar chempionatida 6-o‘rinni egallagan.

Qayd etish lozim, Sardor Rashidovga bu chempionat begona emas. U 2015-17 yillarda Qatarning «Al-Jaish», 2019-20 yillarda «Qatar SK» klublarida o‘ynagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring