Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rustam Shoabdurahmonov lavozimidan ketdi

Rustam Shoabdurahmonov lavozimidan ketdi

Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga binoan lavozimidan bo‘shadi.

Qayd etilishicha, bugun 17 fevral kuni  O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasini ko‘rib chiqilgan.

R.Shoabdurahmonovning arizasi ijroqo‘m a’zolari tomonidan qabul qilindi.

«Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan tashqari Bosh assambleyasi yig‘ilishda saylanadi», – deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring