Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Roy Jons shartiga ko‘nmasa, Tayson bilan jang qilmasligini aytdi

Roy Jons shartiga ko‘nmasa, Tayson bilan jang qilmasligini aytdi

Foto: «Vk.com»

Amerikalik va rossiyalik bokschi Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jang qilmasligi mumkinligini aytdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar bergan.

Sportchi jangni 28-noyabrga qoldirgani uchun tadbir tashkilotchilarini tanqid qilgan. Jonsning so‘zlariga ko‘ra, Tayson bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishi uchun boshqa loyihalarni rad etishiga to‘g‘ri kelgan. Jangning kechikishi esa uning moliyaviy yo‘qotishlarini ko‘paytirmasdan qolmaydi.

Shu munosabat bilan Jons tashkilotchilardan kompensatsiya talab qilmoqda. Amerikalik bokschi va uning vakillari aynan qancha pul xohlayotganini hali aniq aytishmadi. Bokschi xohlagan vaqtda jangdan bosh tortishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan xolos.

54 yoshli Taysonning Jons bilan ko‘rgazmali uchrashuvi haqidagi ma’lumotlar 21-iyulda paydo bo‘ldi. Dastlab jang 12-sentyabrga belgilangandi.

Tayson faqat hayriya musobaqalari uchun professional ringga qaytish xohishi borligini aprelning oxirida ma’lum qilgandi. Amerikalik bokschi 2005-yildan beri jang o‘tkazmagan. Uning hisobida 58 ta jang bor, 50 tasida g‘alaba qozongan.

51 yoshli Jonsning hisobida esa 66 ta g‘alaba bor (47 tasini nokaut bilan tugatgan). Bokschi oxirgi jangini 2018-yil kuzda o‘tkazgan. Professional ringda to‘qqiz marta mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring