Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu 20 yil ichida birinchi marta bu ro‘yxatdan tushib qoldi

Ronaldu 20 yil ichida birinchi marta bu ro‘yxatdan tushib qoldi

6 sentyabr kuni France Football jurnali «Oltin to‘p» sovrini uchun 30 nafar da’vogar ro‘yxatini e’lon qildi. Mashhur portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 20 yil ichida birinchi marta nomzodlar ro‘yxatida yo‘q.

Hozirda «Al-Nasr»da to‘p surayotgan 38 yoshli taniqli futbolchi besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Bu 2008, 2013, 2014, 2016, 2017 yillarda bo‘lgan.

«Oltin to‘p» sovrini Ronaldudan ko‘proq faqat Lionel Messiga topshirilgan. Argentinalik futbolchi yetti marta sovrinni qo‘lga kiritgan. Aytgancha, bu yil u ham mukofotga asosiy da’vogar sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring