Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real»ga yangi murabbiy keldi

«Real»ga yangi murabbiy keldi

Foto: «News.softpedia.com»

«Real Madrid» o‘z saytida yangi murabbiy tayinlanganini e’lon qildi.

Fransuz mutaxassisi Zidanning o‘rnini italiyalik 61 yoshli Karlo Anchelotti egalladi. Shartnoma muddati hali e’lon qilinmadi.

Italiyalik murabbiy «Real»ni 2013-2015-yillarda ham boshqargan. Uning boshchiligida jamoa Ispaniya kubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogini yutdi. 2019-yil dekabrdan u Angliyaning «Everton» klubini boshqardi. Mutaxassis hisobida 20 ta sovrin, shu jumladan, Chempionlar Ligasida uchta g‘alaba bor.

Zidan 27-may kuni «Real»ni tark etdi. Fransiyalik mutaxassis ushbu lavozimni shartnoma tugashidan bir yil oldin topshirdi. «Qirollik klubi» futbolchilari murabbiyning niyati haqida oldindan bilishgandi. Zidan koronavirus pandemiyasi paytida kuzatilishi kerak bo‘lgan kun tartibidan charchagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring