Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Mbappedan keyin yana bir super hujumchini qo‘lga kiritmoqchi

«Real» Mbappedan keyin yana bir super hujumchini qo‘lga kiritmoqchi

Madridning «Real» klubi Erling Holandni sotib olish qaroridan qaytgan emas.

Jurnalist Fransisko Xose Delgado Cadena SER telekanali efirida xabar berishicha, Kilian Mbappe (PSJ) bilan shartnoma imzolanishi Madridning «Manchester Siti» hujumchisi haqidagi rejalariga ta’sir qilmaydi.

Ta’kidlanishicha, «Real Madrid» aynan Holandni olib kelmoqchi bo‘lgani uchun Garri Keynni sotib olmagan.

Ispaniya jamoasi norvegiyalik futbolchini 2025 yilning yozida qo‘lga kiritmoqchi. Agar Mbappe shu yozda «Real»ga o‘tishni rad etganida, ular 2024 yilda Holandni sotib olishga harakat qilgan bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe PSJdan ketish qarorini e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring