Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

«Real» Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Ispaniya Superkubogining finalida azaliy raqiblar — «Real» va «Barselona» bahs olib borishdi.

El-Klasikoda Madrid klubi tezkor gollar urib, hisobda oldinga o‘tib oldi. Vinisiusni bu kecha to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq braziliyalik futbolchi xet-trik qayd etdi. Uning gollariga Levandovski bir bor javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda esa Rodrigo bahsga nuqta qo‘ydi. 71-daqiqada Arauxo chetlatilgach, kataloniyaliklar o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunlashga majbur bo‘lishdi.

Ispaniya Superkubogi. Final

Real Madrid – Barselona 4:1

Gollar: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 10 Vinisius Junior, 2:1 – 33 Levandovski, 3:1 – 39, penalti Vinisius Junior, 4:1 – 64 Rodrigo.

Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 81), Valverde, Tchuameni, Bellinghem, Vinisius Junior (Kamavinga, 82), Rodrigo (Braim Dias, 77).

Barselona – Penya, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serdji Roberto (Lopes, 61), Gyundogan, de Yong, Pedri (Yamal, 61), Ferran Torres (Joau Feliks, 61), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Arauxo (37), Serdji Roberto (40), Bellinghem (43), Ryudiger (62).

Chetlatish: Arauxo (71).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring