Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qayerdan bo‘lsa ham topinglar: politsiya va sportchilar aybdor ayolni qidirmoqda (video)

Qayerdan bo‘lsa ham topinglar: politsiya va sportchilar aybdor ayolni qidirmoqda (video)

Foto: «TASS»

Uni sportchilar ham, politsiyachilar ham qidirishmoqda. Uning aybi bilan «Tur de Franc» velopoygasida katta halokat sodir bo‘ldi. Qidiruv e’lon qilindi. Bunday bema’ni harakati uchun u qamalishi mumkin. Shov-shuvga sabab bo‘lgan voqea haqida «MIR 24» sport sharhlovchisi Dmitriy Kalugin xabar bermoqda.

U shunchaki bobosi va buvisiga salom yo‘llamoqchi bo‘lgan. Natijada 30 dan ortiq sportchi jarohat oldi. To‘rtta poygachi esa «Tur de Franc» musobaqasidagi ishtirokini muddatidan oldin yakunlashiga to‘g‘ri keldi.

Hozir fransuz politsiyasi baxtsiz nevarani qidirmoqda. «Katta halqa» tashkilotchilari esa uni sudga bermoqchi. Qiz televizorga chiqishni shu darajada xohlaganidan atrofidagi hamma narsani unutgan. Bir necha bor jahon chempionligini qo‘lga kiritgan germaniyalik Toni Martin uning afishasiga birinchi bo‘lib kelib urildi. Ortidan poyganing boshqa ishtirokchilari to‘qnashib ketishdi. Nima qilib qo‘yganini anglab yetgan qiz olomon orasiga singib ketdi.

Musobaqa tashkilotchilari darhol bayonot bilan chiqishdi: «Suratga tushish yoki televizorga chiqish uchun hammaning hayotini xavf ostiga qo‘ymang! Sportchilar xavfsizligini hurmat qiling».

Poyga bosqichlari yuzlab kilometrni tashkil etadi. Viloyat shaharlari uchun «Tur de Franc» olamshumul voqea. Odamlar soatiga 50 kilometr tezlikda o‘tib ketadigan pelotondan 30 soniya bahra olish uchun yil bo‘yi kutishadi.

Afsonaviy velosport har yili o‘rtacha 15 million tomoshabinni jalb qiladi. Bunday olomonni boshqarishni esa oson ish deb bo‘lmaydi.

Xavf-xatarni faqatgina selfiga tushishni yoqtiruvchilar keltirib chiqarmaydi. Musobaqani yoritayotgan telejamoalar va hatto hamrohlik qiluvchi mashinalar ham poygachilarga jiddiy muammo tug‘diradi. Shu bois, «Tur de Franc» eng asabiy va stressli Grand-Tur deb nom olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring