Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pirlo buyuk shaharning nomi chiqmagan jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Pirlo buyuk shaharning nomi chiqmagan jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Foto: Goal.com

«Yuventus»ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Andrea Pirlo Istanbulning «Fotih Karagyumryuk» jamoasini boshqaradigan bo‘ldi.

U istanbulliklar bilan bir mavsumlik shartnomaga kelishdi.

Pirlo so‘nggi ish joyi — Turinning «Yuventus»ini o‘tgan yil may oyida tark etgandi. Uning boshchiligida «oq-qoralar» barcha turnirlarda 34 g‘alaba, 10 durang, 8 mag‘lubiyat qayd etishgan, 2 ta sovrin — Italiya kubogi va superkubogini yutishgan.

«Fotih Karagyumryuk» (Fatih Karagümrük SK) — Istanbulning Fotih tumanidagi Karagyumryuk dahasi jamoasi. 1926-yilda tashkil etilgan. Hozir Turkiya oliy ligasi — Superligada qatnashadi. Uy o‘yinlarini 77 ming o‘rinli «Olimpiya» stadionida o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring