Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PFL — Osiyodagi eng yaxshi futbol ligasi bo‘lishga da’vogar

PFL — Osiyodagi eng yaxshi futbol ligasi bo‘lishga da’vogar

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Shu yilning 19-20-noyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo sport sanoati konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur tadbir yakunida taqdirlanadigan «Yilning eng yaxshi futbol ligasi» mukofoti uchun nomzod mamlakatlar nomini e’lon qildi. Yilning eng yaxshi futbol ligasi ikki yo‘nalish bo‘yicha tanlab olinadi.

«Osiyoning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi» uchun 10ta nomzod mamlakat ichidan O‘zbekiston professional futbol ligasi ham o‘rin oldi. Qit’amizning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi nomi uchun Avstraliya, Xitoy, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tailand, BAA hamda O‘zbekiston ligalari da’vogarlik qilmoqda.

Shuningdek, «Osiyoning eng yaxshi rivojlanayotgan ligasi» nomi uchun ham 10 ta nomzod mamlakat e’lon qilindi. Butan, Guam, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Filippin, Singapur, Tojikiston hamda Vetnam rivojlanayotgan liga nomi uchun da’vogarlik qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring