Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peres yaxshi biladi: sabrning tagi sap-sariq oltin!

Peres yaxshi biladi: sabrning tagi sap-sariq oltin!

Foto: «Sportsdaily.ru»

«Sky Sports» nashri xabar berishicha, Londonning «Chelsi» klubi hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar jamoa rahbariyatining yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgan. Bu o‘z-o‘zidan futbolchi jamoadan ketmoqchi ekaniga yana bir bor ishoradir.

Azar Madridning «Real» klubida o‘ynash katta sharaf ekanini hech qachon yashirmagan. Demak, «Chelsi» taklifining rad etilishi Madrid sari qo‘yilgan katta qadam ekanining ehtimoli katta.

O‘z navbatida «Real» ham futbolchiga jiddiy qiziqayotgani sir emas. Yaqinda London superklubi futbolchini 112 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. Bu mablag‘, futbol bozorining shu kunlardagi narx-navosi nuqtai nazaridan, Azarday futbolchi uchun kam. Biroq uning amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolgani e’tiborga olinsa, ko‘pday ko‘rinadi. «Real» prezidenti Florentino Peres esa anoyi emas: shuncha pul to‘lash o‘rniga jindek sabr qiladi va... futbolchini yo tekinga yoki judayam arzonga qo‘lga kiritishi mumkin. Chunki u sabrning tagi sap-sariq oltinligini juda yaxshi biladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring