Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik velosportchilar biryo‘la 4 ta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik velosportchilar biryo‘la 4 ta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasiga reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakuniga yetdi.

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) tomonidan e’lon qilingan reyting yakuniga ko‘ra, bo‘lajak Olimpiadaga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta, erkaklar termasi esa 1 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi.

Ayollar toifasidagi litsenziyalarning 2 tasi guruh poygasi, 1 tasi esa shaxsiy poyga dasturiga to‘g‘ri keladi. Qizlarimiz 1 942 ochko bilan ushbu siklda ishtirok etgan 103 jamoa orasida 17-natijani qayd etgan. Bu Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Sportchi yigitlar esa 1 228 ochko bilan 105 jamoa orasida 32-natijani ko‘rsatishdi. Bu ularga guruh poygasi yo‘nalishida 1 ta yo‘llanmani taqdim qildi. Qoidaga ko‘ra, barcha kvotalar terma jamoa uchun taqdim qilingan. Ushbu dasturlarda qaysi atletlarimiz Parij-2024 Olimpiadasida startga chiqishi keyinroq murabbiylar shtabi tomonidan ma’lum qilinadi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik velosportchilar Olimpiya o‘yinlariga birinchi bor 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring