Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik kursant MMA kamariga ega bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik kursant MMA kamariga ega bo‘ldi (video)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

7 aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Archa-beshik» sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi «Batir bashi»  IV etno turniri bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur nufuzli turnirda 84 kg vaznlilar o‘rtasida O‘zbekiston sha’nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda  Abdulaziz Utamurodov himoya qilishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abdulaziz Utamurodov qirg‘izistonlik raqibi Qodir Kurstan ug‘liga qarshi o‘tkazgan jangida texnik nokaut bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bekzod Nurmatov esa yana bir Qirg‘iziston sportchisi Jakip Tuganbayev bilan kechgan og‘ir bahsning ikkinchi raundida og‘rituvchi usulni mohirlik bilan qo‘llagan holda raqibidan qo‘li baland keldi. Finalga chiqqan ikki hamyurtimiz o‘zaro kuch sinashi kerak edi. Ammo, Abdulaziz Utamurodov birinchi jangda oyoq qismida olingan tan jarohati hamda murabbiylarning jangni olib borishiga qarshiligi sabab to‘liq g‘alaba Bekzod Nurmatovga berildi.

Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi «Batir bashi» IV etno turnirining kamarini 8 aprel kuni O‘zbekistonga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring