Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Qatar uchrashuvida kiritilgan gollar (video)

O‘zbekiston — Qatar uchrashuvida kiritilgan gollar (video)

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 16-oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatarni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ektor Kuper shogirdlari ustunligida o‘tgan uchrashuvda Odil Ahmedov va Marat Bikmayev kiritgan gollar O‘zbekiston MTJga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Avvaliga 72-daqiqada Akmal Shorahmedov o‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatgan to‘pni Odil Ahmedov boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

Biroz vaqt o‘tib, 85-daqiqada Odil Ahmedovning uzatmasidan so‘ng, Marat Bikmayev darvozabon bilan birga-bir chiqib, to‘pni chiroyli tarzda darvozaga yo‘lladi.

Bu Ektor Kuperning O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyligidagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz 13 oktyabr kuni Toshkentda Shimoliy Koreya termasini Marat Bikmayevning dubli evaziga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

O‘rtoqlik o‘yini

16 oktyabr, Toshkent, «Milliy» stadioni, 12155 tomoshabin

O‘zbekiston – Qatar 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: Odil Ahmedov (72), Marat Bikmayev (85)

O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Akmal Shorahmedov, Yegor Krimets (Dostonbek Tursunov, 64), Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Odil Hamrobekov, Odil Ahmedov ( Islom To‘xtaxo‘jayev, 90), Husniddin G‘ofurov (Dostonbek Hamdamov, 46), Javohir Sidiqov, Ikrom Aliboyev (Vladimir Kozak, 83), Eldor Shomurodov (Marat Bikmayev, 76).

Qatar: Yusuf Hassan, Abdulaziz Hatim Muhammad, Hassan Al Haydos, Karim Budiaf, Sulton Hussayn, Bassam Husam Ar-Raviy, Muhammad Musa, Abdulkarim Salim, Al Maoz Ali, Toriq Salmon, Assim Umar.

Odil Ahmedovning goli.

Marat Bikmayevning goli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring