Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro musobaqasida g‘olib chiqdi. Jamoaga «Gentra» beriladi

O‘zbekiston «Harbiy-tibbiy estafeta»  xalqaro musobaqasida g‘olib chiqdi. Jamoaga «Gentra» beriladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 4—15-avgust kunlari O‘zbekistonda birinchi bor Xalqaro armiya o‘yinlarining «Harbiy-tibbiy estafeta» yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Bu yilgi musobaqada Angola, Armaniston, Ozarbayjon, Zimbabve, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Myanma, Vetnam va O‘zbekiston davlatlari ishtirok etdi.

Beshinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlari bu yil rekord darajadagi ishtirokchilar soni – 36 davlatning 217 ta jamoasidan 5 mingdan ziyod harbiy mutaxassislari qatnashmoqda.

«Forish» poligoni mezbonlik qilgan «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovining final bosqichida «Xalqaro tanlov g‘olibi» nominatsiyasi bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘rinlar qo‘yidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi (5979 ball).

2-o‘rin – Qozog‘iston Respublikasi (5116 ball).

3-o‘rin – Rossiya Federatsiyasi (4992 ball).

Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olibi «Gentra» avtomobili bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring