Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lubiyatga uchratdi

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun, 21-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida safarda Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. 

Birinchi taymning boshlarida Eldor Shomurodov kiritgan golni hakam bekor qildi. Vakillarimizning tinimsiz hujumlarga qaramasdan, dastlabki taymda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz Eldor Shomurodovning goli evaziga hisobni ochishdi — 1:0. Shomurodovning goliga Azizbek Turg‘unboyev hammualliflik qildi. 65-daqiqada Jaloliddin Masharipovning burchakdan yetkazgan uzatmasini himoyachi Rustam Ashurmatov darvozaga yo‘llab, jamoaning ishonchli g‘alabasini ta’minladi — 2:0.

Uch o‘yinda 7 ochko jamg‘argan O‘zbekiston E guruhi peshqadamiga aylanib oldi. Guruhdagi yana bir bahsda Eron (4 ochko) bugun Turkmanistonni (1 ochko) qabul qiladi. Milliy jamoamiz 4-tur doirasida 26 mart kuni Toshkentda Gongkongga qarshi saf tortadi.

JCh-2026 2-saralash bosqichi. 3-tur

21-mart (payshanba)

Gongkong — O‘zbekiston — 0:2

Gollar: Eldor Shomurodov 49, Rustam Ashurmatov 65.

Gongkong: 1. Hung Fai, 2. Oliver Benjamin Gerbi, 5. Xelio Gonsalves, 6. Vu Chung Lok, 8. Tan Chun Lok, 9. Matt Orr (20. Maykl, 63), 11. Everton (14. Poon, 63), 16.Chan Filipp, 21. Yu Nam, 22. Soaresh Junior Valter, 23. Sun Ming.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov (23. Husniddin Aliqulov, 70), 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21.Azizbek Amonov, 82), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46).

21-mart (payshanba)

21:00. Eron – Turkmaniston.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring