Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston chempioni «Spartak» (Moskva) bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston chempioni «Spartak» (Moskva) bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Skrinshot

Birlashgan Arab Amirliklari katta futbol bilan yashamoqda — Osiyo kubogi o‘yinlari avjiga chiqib boryapti. Bu, birinchidan.

Ikkinchidan, shimoliy o‘lkalarning ko‘plab klublari ham qishda iqlimi mo‘’tadil, stadionlari a’lo darajadagi, xullas, barcha sharoitlarga ega amirliklarga oqib kelmoqda. Masalan, Spartak (Moskva), masalan, Lokomotiv (Toshkent).

Moskvaliklar rasmiy sayti yozishicha, Dubayda 16-yanvar kuni «Spartak» O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Bu xabar Osiyo o‘yinlari bahona amirliklarda yurgan yurtdoshlarimizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring