Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbek Messisi» «Qayrat»dan ketdi

«O‘zbek Messisi» «Qayrat»dan ketdi

Qozog‘istonning «Qayrat» klubi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi o‘yinchisi Jasurbek Jaloliddinov bilan ijara shartnomasini tugatgan.

Jaloliddinov 2022 yil boshida «Qayrat»ning o‘sha paytdagi murabbiyi Qurbon Berdiyev taklifiga binoan qo‘shni davlatga borgandi. Shartnoma 2022 yil oxirigacha imzolangan.

Lekin yozda Berdiyev Eronning «Traktor» jamoasiga o‘tib ketgan, olma-otaliklar rahbariyati esa «Lokomotiv» futbolchisi bilan kelishuvni bekor qilgan.

Shampionat.asia nashriga ko‘ra, Jasurbek Toshkentga qaytganidan xursand, chunki «Qayrat»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan.

Jasurbek Jaloliddinov Toshkentda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalida Yaponiya termasi darvozasiga chiroyli gol urgandi. O‘shanda uning golini taniqli futbol yulduzi Messi «PSJ»ga urgan golga o‘xshatishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring