Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘smirlar olimpiadasi. O‘zbekiston ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi!

O‘smirlar olimpiadasi. O‘zbekiston ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kuniga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dzyudo bo‘yicha miks bahslarida hamyurtimiz Jayhunbek Nazarov Xorvatiya, Belarus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qildi. «Beijing» jamoasi nomidan ishtirok etgan dzyudochilar finalgacha yetib borishdi va g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa ushbu mamlakat sportchilari oltin medalga sazovor bo‘ldilar.

Hamyurtimiz finalda ispaniyalik Xaviyer Penani mag‘lub etdi. U yakkalik bahslarida chorak finalda aynan unga imkoniyatni boy bergandi. Demak, Jayhunbek miks bahslarida o‘ziga xos revansh oldi.

Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston terma jamoasi safida Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, kumush) va Nilufar Yermagambetova (dzyudo, bronza) terma jamoamiz hisobiga medallar qo‘shib qo‘yishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring