Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo chempionati. Bokschilarimizning bugungi natijalari

Osiyo chempionati. Bokschilarimizning bugungi natijalari

Boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kunidagi janglarda bir qator bokschilarimiz bahslarga kirishdi.

Kunning dastlabki jangida -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik Daichi Xasebeni mag‘lub etdi.

So‘ng, -60 kg vazn toifasida Shukurjon Rahimov KXDR vakili Chol Man Chodan ustun keldi.

Osiyo o‘yinlari chempioni Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) qirg‘izistonlik Almanbet Alibekov ustidan g‘alaba qozondi.

Kecha turnirni g‘alaba bilan boshlagan Shunqor Abdurasulov (-64 kg) bugun ikkinchi jangini pokistonlik Amir Masudga qarshi o‘tkazib, ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi.

Terma jamoaning yetakchilaridan biri Isroil Madrimov (-75 kg) dastlabki jangida ortiqcha vetnamlik Trung Vuni mag‘lub etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring