Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MYu» murabbiy qidirmoqda, asosiy nomzod Zidan

«MYu» murabbiy qidirmoqda, asosiy nomzod Zidan

«Manchester Yunayted» jamoasi Krishtianu Ronaldu tavsiyasiga ko‘ra, «Real» Madridning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan aloqaga chiqqan.

Ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan keyin mankunianliklarning ustozi Ole Gunnar Sulsher katta bosim ostida qolgan. Agar u ishdan ketadigan bo‘lsa, Zidan uning o‘rniga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiylikka nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ularning orasida Zidandan tashqari Antonio Konte ham bor.

Ronalduning fikricha, «Manchester Yunayted»ning bu yilgi tarkibiga Zidan juda mos tushadi. Zidan avvalroq «Real» tarkibida Ronaldu va Varan bilan birga ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring