Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oldinda bizni o‘ta muhim janglar kutmoqda

Oldinda bizni o‘ta muhim janglar kutmoqda

Yaqinlashayotgan ikki oy – avgust va sentyabrda bir qator o‘zbekistonlik professional bokschilar o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, 15 avgust kuni Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Rustam To‘laganov WBC International kamari uchun Sergey Yekimovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shu sanada yana bir hamyurtimizning jangga chiqishi kutilmoqda. Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon chempioni – Shahram G‘iyosov o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA International kamarining himoya jangini otkazishi lozim. Bu jangda bokschimizga Fransisko Roxa raqiblik qiladi.

28 avgust kuni esa, Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev ham WBA Continental Americas kamarini himoya qilish uchun ringga chiqishi kerak.

26 sentyabr kuni bizni o‘ta muhim jang kutib turibdi. Shu kuni IBF yo‘nalishida reytingning birinchi pog‘onasida borayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBFning vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun Sergey Lipinetsga qarshi jang o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring