Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur sportchi to‘satdan vafot etdi

Mashhur sportchi to‘satdan vafot etdi

Uning ijtimoiy tarmoqlarda 8,4 million obunachisi bor edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Joesthetics nomi bilan tanilgan bodibilder Jo Lindner 30 yoshida vafot etdi.

Uning izdoshlari Lindner millionlab odamlarni bodibildingga ilhomlantirganini yozishgan.

U nemis fitnes gurusi hisoblangan, deb yozadi New York Post va u Instagram’da 8,4 million obunachini to‘plagandi.

Tarmoqqa qo‘yilgan so‘nggi fotosuratlarida tanasi faqat mushaklardan iborat bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Uning to‘satdan yuz bergan o‘limi haqidagi xabarni Nisha ismli mahbubasi e’lon qilib, o‘lim sababi anevrizma (arteriya nuqsoni) ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lindner o‘limidan bir necha kun oldin bo‘ynidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring