Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi

Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi

Transfermarkt portali Markaziy Osiyo terma jamoalarining eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi.

Sayt ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib kelgan O‘zbekistonning yetakchi hujumchisi Eldor Shomurodov peshqadamlikni boy berdi. «Kalyari» hujumchisining transfer narxi pasayishda davom etyapti. Transfermarkt portali ekspertlarining fikricha, o‘zbekistonlik legionerning Italiyadagi narxi 1 million yevroga arzonlashgan: 5 million yevroga baholanmoqda.

Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi deb esa Qozog‘iston terma jamoasi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov topilgan. Uning narxi Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga o‘tganidan keyin 6,5 million yevroga ko‘tarilgan, keyinroq esa 6 million yevroga tushgan.

Markaziy Osiyodagi eng qimmat darvozabon – tojikistonlik Rustam Yatimov. Uning transfer bahosi 900 ming yevroga ko‘tarildi. Portal reytingida Rustam Yatimovdan so‘ng ikki nafar o‘zbekistonlik darvozabon bor – 700 ming yevroga baholanayotgan Abduvohid Ne’matov («Nasaf») va O‘tkir Yusupov («Navbahor»).

Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibning umumiy bahosi bo‘yicha Markaziy Osiyoda hamon 1-o‘rin egasi bo‘lib qolmoqda: 32,55 million yevro. 2-o‘rinda 21,5 mln yevro bilan Qozog‘iston milliy jamoasi qayd etilgan.

O‘zbekiston milliy jamoasining hozirda eng qimmat futbolchilari esa – Eldor Shomurodov (5 mln yevro), Abbos Fayzullayev (4 mln yevro) va Aziz G‘aniyev (3 mln yevro). 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring