Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahmud Murodov 11 soniyalik jangda qancha pul ishlagani ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodov 11 soniyalik jangda qancha pul ishlagani ma’lum bo‘ldi

O‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov kecha UFC Fight Night 235 turniri doirasida rossiyalik Aliasxab Xizriyevga qarshi oktagonga chiqqan edi.

Jang 11-soniyadayoq hamyurtimizning ko‘zidan jarohat olishi sabab to‘xtatilib, o‘tkazilmagan deb topilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Murodov kechagi jangidan 76 000 dollar ishlab olgan. Hamyurtimiz jang uchun 70 000 $, homiylik kelishuvlari uchun esa yana 6 000 $ olgan. Xizriyev esa 11 soniyalik jang uchun 16 000 dollarga ega bo‘ldi (12 000 $ jang uchun, 4 000 $ homiylik kelishuvlari).

Avvalroq sportchi jangdan keyin shifoxonaga olib ketilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring