Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

La Liga o‘yinlari O‘zbekistonda translyasiya qilinadi

La Liga o‘yinlari O‘zbekistonda translyasiya qilinadi

Foto: «soccer.ru

UZREPORT Ispaniya chempionati yangi mavsumining eksklyuziv translyasiya huquqini xarid qildi.

Mazkur eksklyuziv huquqlar televizion translyasiyalardan tashqari, internet orqali translyasiya huquqini ham o‘z ichiga oladi.

La ligada 1-tur uchrashuvlari 12-sentyabr kuni «Eybar» va «Selta» jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Demak, 2 kundan keyin futbol muxlislari UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali Ispaniya chempionati o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring