Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun videosi: Murodjon Ahmadaliyev va Daniel Roman tarixiy jang oldidan

Kun videosi: Murodjon Ahmadaliyev va Daniel Roman tarixiy jang oldidan

Foto: «allboxing.ru»

2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining bronza medali sovrindori 25 yoshli Murodjon Ahmadaliyev va yengil vazn toifasida WBA va IBF chempioni Daniel Roman 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan jang oldidan yuzma-yuz uchrashishdi.

WBA chempionligi uchun asosiy da’vogar Ahmadaliyev uchun bu professional ringdagi sakkizinchi jang bo‘ladi va agar u g‘alaba qozonsa, u bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha jahon chempioniga aylangan birinchi o‘zbek professional bokschi bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zining sakkizinchi jangida og‘ir vazn toifalarida WBA va WBC kamari sohibi bo‘lgan Leon Spinksning natijasini takrorlaydi.

«Bu tarixiy lahzadir, — dedi Ahmadaliyev. — Sakkizinchi jangingdayoq ikki yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lish imkoniyati. Men o‘z mamlakatim nomini tanitishni istayman. Boks — bu O‘zbekistondagi birinchi raqamli sport turidir va xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring