Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kollina — futbol tarixidagi eng yaxshi hakam

Kollina — futbol tarixidagi eng yaxshi hakam

Foto: «Korrespondent.net»

Nufuzli «France Football» nashri italiyalik Perluiji Kollinani tarixdagi eng yaxshi futbol hakami deb topdi. Bu haqda «Goal.com» xabar berdi.

Kollina 2002-yilgi jahon chempionati, Yevropa Chempionlar ligasi (1998/1999) va UEFA kubogi (2003/2004) finallarini hakam sifatida boshqargan. Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) tomonidan olti marotaba jahonning eng yaxshi referisi sifatida e’tirof etilgan. Italiyalik hakam faoliyatini 2005-yilda yakunlagan.

Perluiji Kollina 2016-yildan beri FIFA hakamlar departamentini boshqarib kelyapti.

Barcha davrlarning eng yaxshi hakamlari o‘nligiga, shuningdek, Ken Aston, Mishel Votro, Markus Merk, Charlz Korver, Mayk Din, Ian Fut, Ali Bin Nasser, Stefani Frappar va Hovard Uebb kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring