Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jina-Mariya Shumaxer kim?

Jina-Mariya Shumaxer kim?

Foto: «Mail.ru»

Afsonaviy «Formula-1» poygachisi Mixael Shumaxerning qizi, 22 yoshli Jina-Mariya Shumaxer otasining munosib vorisi bo‘lib yetishyapti. Qiz yaqinda Germaniya terma jamoasi tarkibida Shveysariyada o‘tgan ot sporti musobaqalarida g‘olib chiqdi.

Qizning yangi suratlari paydo bo‘lganidan so‘ng, internet foydalanuvchilari u otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshashiga e’tibor qaratishdi.

Afsuski, katta Shumaxer qizining yutuqlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish baxtidan mosuvo.

Eslatib o‘tamiz, Mixael Shumaxer 2013-yilning dekabridagi baxtsiz hodisadan beri to‘shakka mixlanib qolgan: Alp tog‘laridan chang‘ida uchayotib, boshidan qattiq jarohat olgan va komaga tushgandi. Ayni paytda poygachining ahvoli qandayligi hech kimga ma’lum emas — oilasi buni qattiq sir saqlamoqda.

Mixael Shumaxer va Korinna Betch 1995-yilning avgustida turmush qurishgan. 1997-yilning 20-fevralida qizli (Jina-Mariya), 1999-yilning 22-martida o‘g‘illi (Mik) bo‘lishgan.

Darvoqe, Mik Shumaxer ham otasi izidan borib, «Formula-1» musobaqalarida qatnashib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring