Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov jahon chempioni bo‘ldi!

Isroil Madrimov jahon chempioni bo‘ldi!

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida hamyurtimiz WBA kamarini qo‘lga kiritdi.

Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) super yarim o‘rta vaznda rossiyalik Magomed Qurbonov  (25-1-0, 13 KO) bilan jang olib bordi.

Bokschimiz jang davomida ustunlik bilan harakat qildi va 5-raundda ketma-ket zarbalari bilan raqibini muvozanatdan chiqardi. Uning kuchli zarbasini o‘tkazib yuborgan rossiyalik bokschi qarshilik ko‘rsata olmay qolganidan so‘ng referi bahsni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Isroil Madrimov shu tariqa chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring