Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018 anonsi. Ispaniya, Portugaliya, Krishtianu Ronaldu va Ravshan Ermatov

JCh-2018 anonsi. Ispaniya, Portugaliya, Krishtianu Ronaldu va Ravshan Ermatov

Kollaj: «Xabar.uz»

Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionatining 2-tur o‘yinlari to‘liq yakuniga yetdi. Haqiqiy ehtirosli uchrashuvlar endi boshlanadi. Bugun, 25-iyun kuni 3-turga start beriladi. Xabaringiz bor, 3-turda guruh o‘yinlari bir vaqtda boshlanadi.

A guruhida Rossiya va Urugvay pley-off masalasini hal qilib ulgurgan bo‘lsa-da, bugun ular guruhdagi peshqadamni aniqlab olishadi. Saudiya Arabistoni va Misr terma jamoalari esa chiroyli futbol uchun maydonga tushishlari mumkin.

JCh-2018, A guruhi, 3-tur

Urugvay – Rossiya. Soat 19:00.

Saudiya Arabistoni – Misr. Soat 19:00.

Shuningdek, V guruhida eng qiziq o‘yinlar bizni kutib turibdi. Mazkur guruhda hali pley-off masalasini hal qilgan jamoa yo‘q, shuning uchun ham uchrashuvlar qizg‘in kechishi aniq. Portugaliya Eronga qarshi maydonga tushsa, ispanlar Marokashni yutishga harakat qilishadi.

Bu guruhdagi o‘yinlar yana shunisi bilan ham qiziqki, Krishtianu Ronaldu gol urib, to‘purarlikdagi poygani davom ettirishi yoki Harri Keyndan o‘zib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari, Ispaniya - Marokash o‘yini hamyurtimiz Ravshan Ermatovga ishonib topshirilgan.

Xullas, oldinda bizni qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi.

JCh-2018, V guruhi, 3-tur

Eron – Portugaliya. Soat 23:00.

Ispaniya – Marokash. Soat 23:00.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring