Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki paralimpiyachimiz muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Ikki paralimpiyachimiz muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kun bellashuvlarida suzuvchilarimiz final dasturidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Unda ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi.

100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha kechgan bahsda dastlab Firdavsbek Musabekov startga chiqdi. Unda hamyurtimiz 1:05.85 daqiqa natija bilan to‘rtinchi bo‘lib marraga yetib keldi.

Keyin xuddi shu toifada ayollar o‘rtasida kechgan bahsda Shohsanam Toshpo‘latova ishtirok etdi.

Vakilamiz unda 1:19.99 daqiqa bilan oltinchi bo‘lib musobaqani yakunladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring