Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hasanboy Do‘smatovga ham raqib topildi

Hasanboy Do‘smatovga ham raqib topildi

Hasanboy Do‘smatovning prof ringdagi navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili rasman ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Do‘smatov 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sifamandla Baleniga qarshi ringga ko‘tariladi. Hozirgi holat bo‘yicha ushbu jang oqshomning markaziy to‘qnashuvi sifatida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, o‘yinchoq (ToyToy) laqabi bilan tanilgan Baleni faoliyati davomida 21 g‘alaba (8 nokaut), 5 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan. U shu yilning 4 sentyabr kuni IBO World Minimum kamari uchun o‘tkazgan 12 raundlik jangida Mzamo Maxifeniga ochkolar hisobiga ko‘ra yutqazib qo‘ygandi. Hasanboy Do‘smatov esa 5 ta jangining barchasida zafar quchgan. Do‘smatov — Baleni jangi 10 raund etib belgilangan.  

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov o‘tgan hafta Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgandi.

Avvalroq Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring