Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

UFC rahbari Deyna Uaytning aytishicha, dog‘istonlik Habib Nurmagomedov va amerikalik Jastin Getji o‘rtasidagi jang 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jang Abu-Dabi shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

«Jang albatta o‘tkaziladi. Habib Getji bilan 24-oktyabrda to‘qnashadi. Otasining o‘limi tufayli Nurmagomedovga hozir juda og‘ir, chunki u otasini qahramon deb bilardi, ularning munosabatlari juda yaqin bo‘lgan», deya Deyna Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda CNN.

Habib Nurmagomedov professional faoliyati davomida 28 ta jangda qatnashib, ularning barchasiga g‘alaba qozongan. Habib Nurmagomedov 2018-yil 7-oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni yengib jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgan va 2019-yil 7-sentyabr kuni Dastin Puare bilan jangda kamarni himoya qilgandi.

UFC chempioni Jastin Getji hisobida esa 22 g‘alaba hamda 2 ta mag‘lubiyat bor. Jastin Getji o‘zining so‘nggi jangini 10 may kuni Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut hisobiga g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang esa shu paytgacha 5 marta bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring